alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bangladesh Respublikasi “Nargis ta’limi” firmasi Prezidenti Nazmul HASAN Andijon davlat tibbiyot institutiga keldi

17:29 15.03.2019

2019- yil 15- mart kuni Bangladesh Respublikasidan “Nargis ta’limi” konsultatsion firma prezidenti va asoschisi Nazmul Hasan Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Mehmonni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov va boshqa professor-o‘qituvchilar kutib oldilar.

Dastlab xalqaro hamkorlik bo‘limida o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi. Rektor M.Madazimov institut hayoti, o‘quv –uslubiy ishlar,  ilmiy –tadqiqot ishlari va xalqaro hamkorlik   aloqalari xususida suhbat olib bordi. Suhbat chog‘ida  ADTIda xorijiy talabalarni o‘qib bilim olishi va yashashi  uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida  batafsil so‘zlab berdi.  O‘z navbatida Nazmul Hasan ham  Ta’lim  konsalting markazi faoliyati, bugungi kundagi hamkorlik ishlari  va o‘tkazgan matbuot anjumanlari haqida gapirib, o‘zaro  hamkorlik qilishni  taklif etdi.Tashrif chog‘ida bangladeshlik mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ikki tomonlama kelishuvdan so‘ng, Nazmul Hasan institut  Axborot texnologiyalari markazi, simulyatsion o‘quv markazi, anatomiya muzeyi, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi  o‘quv xonalari va axborot resurs markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kelgusida  mazkur  konsalting  markazi orqali ko‘plab xorijiy talabalar ADTIga kelib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!