alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Baxtimiz qomusi

14:37 07.12.2019

Bugun O‘zbekistonni butun dunyo taniydi. O‘zbek xalq o‘zligini – Amir Temur, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur kabi ajdodlariga munosib farzand ekanligi ko‘rsatmoqda. Mustaqilligimiz tufayli xalqimizning azaliy qadriyatlari tiklandi, boy madaniy merosimiz o‘zimizga qaytdi. Mustaqil qadam tashlashimizda esa o‘z Konstitutsiyamizning alohida o‘rni bor. Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida yuqoridagi fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bayram tadbirini institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov kirish so‘zi bilan ochar ekan barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bayrami bilan tabirkladi.

Shundan so‘ng institut ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Nodiraxon Nurmatova  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, bo‘lim va moddalari haqida ma’ruza qildi.


O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi.


Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks etgan.


Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi.


Tadbir davomida, an’anaga ko‘ra, bayram munosabati bilan institutning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatib mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilari, xodimlari, yosh olimlar institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan moddiy rag‘batlanirildi va esdalik sovg‘alari topishildi.

Baxtimiz Qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri, O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi Akademigi Ne’matjon Mamasolievich Soliev barchani bayram bilan qutlash bilan birga kundan-kunga salohiyati ortib borayotgan institut jamoasiga yangidan-yangi yutuqlar tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari institut fakultet va kafedralarida davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!