(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AZIZ VA QADRLI USTOZLAR, HAMKASBLAR, FIDOIY SHIFOKORLAR! BARCHANGIZGA “TIBBIYOT XODIMLARI KUNI” BAYRAMI MUBORAK BO’LSIN!

14:59 07.11.2020

Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biridir. Chunki, bizning mahoratimiz, malakamiz, ma’suliyatimiz insonlarning hayoti va taqdirida alohida o‘rin egallaydi. Mamlakatimizda tibbiyot sohasining rivojlanishi, xalqimizning sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanishlari, shifokorlarning bilimi, mahoratini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Hammamizga ma’lumki, har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanadi.
Butun dunyo koronavirus pademiyasiga qarshi kurash olib borayotgan bugungi kunda hammamiz guvoh bo‘lib turibmizki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilishi asnosida shifokorlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun zimmalarida dolzarb vazifalar turgan siz azizlarni – o‘z kasbiga fidoiy bo‘lgan hamkasblarimni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan chin yurakdan samimiy qutlayman va xalq salomatligi yo‘lidagi ishlaringiz hamisha bardavom bo‘lishini, tilayman!
Albatta, barchangizga, sog‘lik salomatlik, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

M.M.Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor