(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bayram tabrigi

09:36 13.01.2021

Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar, qadrli Vatan himoyachilari!
Vatan barchamiz uchun muqaddasdir! Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz! Mana shu burchni sharaf bilan ado etayotgan, Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir yigit-qiz hamisha elimiz ardog‘ida.
Azizlar, tibbiyotchilar bilan harbiy xizmatchilar hamkasbdir. Bu, guvohi bo‘ldingizki, Koronavirus pademiyasi sharoitida yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Har qanday vaziyatda tibbiyotchilar xalq bilan birga bo‘ldi, harbiylar – ofitser va askarlar kabi xalqni himoya qildi. Shu ma’noda aytish kerakki, tibbiyot institut bitiruvchilarining ofitserlik unvoniga ega bo‘lishlari ham yana bir faxrlanarli holdir. Ofitserlik libosida turgan tibbiyotchilarimiz bizning faxrimizdir!
Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlar, Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!
Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilaymiz.
Vatanimiz himoyasi sizlardek ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!
Qadrli Vatan himoyachilari – harbiy  shifokorlar, aziz hamkasblar, O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling!
 Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!    

 M.M.Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor