alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

12:23 05.03.2021

Go‘zal ayollarimizni qancha madh etsak shuncha kam. Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda fakultetning barcha ayol va qizlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida fakultet dekani, tibbiyot fanlari doktori X. Tursunov barcha ayol xodimlarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, tibbiyot fanlari doktori N. Xakimov ham o‘z samimiy izhorlarini bildirdi.

Tadbirda fakultetning barcha erkak xodimlari tomonidan mo‘tabar ayollarga bag‘ishlab she’rlar, iliq tilaklar bildirildi. Bunday e’tibordan ayollarning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. Tashkil etilgan konsert dasturi esa barchaga xushnudlik baxsh etdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!