alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz shifokorlar!

09:33 09.11.2019

Jamiyatda shunday kasb sohiblari borki ular uchun ish vaqti chegaralanmagan, odamlar ularga kechayu kunduz murojaat qilishadi, ko‘mak so‘rashadi. Bu kasb sohibalri ham ko‘mak so‘ragan insonga yordam beishga qasamyod qilishgan va hamisha qasamyodlariga sodiq turishadi. Anglagan bo‘lsangiz kerak bunday kasb sohiblari shifokorlardir.

Shifokorlar hamisha insonlar bilan birga. Shifokor uchun bemorining millati, ijtimoiy kelib chiqishi ahamiyatsiz, eng asosiysi, bemori dardiga shifo topsa bo‘lgani. Shuning uchun ham shifokorlar hamisha elda aziz, hurmat-e’tiborda.

Tibbiyot  xodimlarining sharafli va mas`ulyatli mehnatini e`zozlash, samarali faoliyat yuritish uchun  zarur imkoniyatlar  yaratish  hukumatimizning doimiy e`tiborida. Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Shifokorlarning kasb bayramlari munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari viloyatdagi shifoxonalarga ustozlarining – fidoiy hamshiralar, qo‘li engil shifokorlar huzuriga tashrif buyurdilar.

Faol talabalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Mediasmi” guruhi rahbari Muhammadyusuf Yusupov boshchiligida institut klinikasi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat o‘sma kasalliklar dispanserida bo‘lishdi.

Bo‘lg‘usi shifokorlar shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan hamshirlar, shifokorlarni kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladilar va bayram bukletlari, gullar taqdim etishdi. Bayramona tashrifdan oddiy tibbiy xodimlar, hamshiralar, professor-o‘qituvchilar behad mamnun bo‘lishdi, samimiy tabrik uchun yoshlarga minnatdorchilik bildirishdi.

Hurmatli va sharafli kasb egasi bo`lgan Andijon davlat tibbiyot instituti hodimlari, professor-o‘qituvchilar, fidoiy shifokorlar, sizlar o`z kasbingizga bo`lgan mehr va sadoqatingizni munosib tarzda ko’satib kelmoqdasizlar.Shu munosabat bilan sizlarni bugungi tibbiyot hodimlari kuni bayrami bilan institut ma`muriyati va Yoshlar ittifoqi faol talabalari nomidan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz!

ADTI axborot xizmati              

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!