Bayramingiz muborak bo‘lsin, mo‘tabar onaxonlar, aziz ayollar, dilbar opa-singillar!

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Yurtimiz obod, kunlarimiz farovon. Mana shunday yurtimizga bayramlar yarashadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Hammamiz orziqib kutgan bahor kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanadi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki ular bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Gul faslning ilk bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari institut Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda institut ayollarini, talabal qizlarni bayramona – xushovoz xonandalar ijrosida jonli qo’shiqlar, musiqlar sadosi ostida, gullar, esdalik sovg‘alari bilan kutib olishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Bayramona kutib olish marsimi bayram tadbiriga ulanib ketdi. Institut Ilmiy Kengashlar zalida o‘tgan bayram tadbirida institut rektori, professor M.M.Madazimov institut xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Andijon davlat tibbiyot instituti ayollari o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari bilan alohida e’tirofga loyiq.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Bugungi kunda O‘zbekistonni yanada rivojlanishida opa-singillarimizning beqiyos hissalari katta. Buning uchun ularga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

O‘nlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston fan arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga, orden va medallariga sazovor bo‘lgan. Ularning orasida Andijon davlat tibbiyot instituti ayollarining ham borligi institut jamoasi uchun alohida faxrlanishga arziydi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Bayram arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan yurtimizning iqtidorli xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innavatsion loyihasi” uchinchi respublika tanlovining respublika bosqichida institutimizning gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. Xurmatxon Qamchievna  Xankeldieva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Bayram tadbirida iqtidori talaba qizlar, institutning ilmiy, pedagogik faoliyatida fidoiylik bilan mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar esdalik sovg‘alari bilan tadirlandilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy bayram dasturi kechaga fayz bag‘ishladi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ayollarimizning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Aziz opa-singillar, doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida, oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar!

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

ADTI axborot xizmati

223