alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, QADRLI TALABALAR !

15:06 20.11.2018

Talabalikni inson umrining oltin davriga mengzaydilar. Darhaqiqat, talabalik yoshlikning eng jo‘shqin va eng shijoatli, eng gullagan, eng zavq-shavqqa  va yuksak  orzu–maqsadlarga to‘liq davridir.

    Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti foyesi bayramona bezatildi.  17-noyabr – Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan institut O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  faollari tomonidan bayram tadbiri  tashkil etildi.

           Bayram tadbirini institut rektori M. Madazimov ochib, bugungi kunda institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar xususida gapirdi. Ularga shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida yetuk shifokor bo‘lib yetishishlarida omad va zafarlar   tilab, orzulari cheksiz, zakovatda tengsiz barcha  talabalarni  bugungi shodiyona  bilan qizg‘in tabrikladi.

   Shundan so‘ng,  2017-2018 yillarda institut jamoatchilik ishlarida hamda ADTI yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan bir guruh  talabalar bayram munosabati  bilan taqdirlandilar.

      Talabalardan –  Ilyosmirzo Ziyaev «Yilning eng faol guruh yetakchisi”, Izzatillo Ismoilov “Yilning eng faol harbiy imtiyozga ega talabasi”, Dilmurod Nazirov “Yilning eng faol QVZ jamoasi a’zosi”, Abdurauf Abdurashidov  “Yilning eng faol talabasi”, Davron Qodirov  ”Yilning eng faol kengash a’zosi”, Muhammadyusuf Yusupov  “Yilning eng faol yo‘nalish yetakchisi”, Humoyun Qo‘chqorov “Yilning eng yaxshi fakultet yetakchisi”, Tojiali Shukurov  ”Yilning eng faol magistri”, Zebuniso Omonova  “Yilning eng namunali tashabbuskor talabasi”, Shoxruh Sapioxunov “Yilning namunali tashkilotchi talabasi,  Kamola Rahimova “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi”  nominatsiyalari  bo‘yicha g‘olib deb topilib, ularga faxriy yorliqlar topshirildi.  






     Bayramning badiiy qismida  Andijon shahridagi “Meros” ansamblining  raqqosa qizlari o‘zlarining jozibali raqslari bilan barchani xushnud etdi.

      Tadbirda pediatriya fakulteti 107-guruh iqtidorli talabalari yoshlikni, talabalikni madh etuvchi she’rlari bilan davraga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.

      ADTI “Ulfatlar” jamoasining qiziqarli chiqishlari, talaba-yoshlarni bilimi va salohiyatini aniqlovchi intellektual o‘yinlar talabalarning  bayram kayfiyatini yanada oshirdi.

        Kuylar qo‘shiqlarga, diltortar navolar raqslarga ulanib, talabalar o‘ynab-quvnadilar.
       Bayram shodiyonasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov, fakultet dekanlari, Tillar, pedagogika va psixologiyasi kafedrasining o‘qituvchilari ham ishtirok etishib, talabalarning  quvonchli onlaridan bahramand bo‘ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!