alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Belorussiyalik hamkorlar bilan onlayn muloqot

16:24 12.04.2019

2019- yil 12-aprel kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti  xalqaro hamkorlik  bo‘limida  institut rahbariyati  bilan Belorussiya  diplomdan keyingi  oliy ta’lim  tibbiyot akademiyasi  rahbariyati bilan  onlayn muloqot tashkil etildi.

Onlayn muloqotda   Belorussiya  diplomdan keyingi  oliy ta’lim  tibbiyot akademiyasi  rektori,  t.f.n, dotsent Dmitriy  Mixaylovich  Nitkin, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, t.f.n, dotsent  Tatyana Vladlenovna Kalilina, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor,t.f.d, professor Yuriy Mixaylovich  Gain  va xalqaro  aloqalar  bo‘limi boshlig‘i t.f.n. Andrey Vladimirovich  Platonovlar bilan  masofadan turib yuzma-yuz  ADTI rektori, professor M.M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor A.Arziqulov, ilmiy ishlar va ilmiy- tadqiqot bo‘limi boshlig‘i G.N.Mamatxo‘jaeva, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  fakulteti dekani  X.X.Tursunov  hamda  xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Saloxiddinovlar ishtirok etdilar.

Muloqotni ADTI rektori M.Madazimov boshlab, institut haqida, uning bugungi kundagi ilmiy salohiyati, kadrlar  va tor soha mutaxassislarini tayyorlash  va istiqboldagi  rejalar   xususida  atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.       Akademiya rektori D.M.Nitkin  ilmiy sohani rivojlantirishda hamkorlikni rivojlantirish, jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash, magistratura va klinik ordinatura  yo‘nalishlarida  malakali mutaxassislarni  tarbiyalash,  shuningdek, akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalarida o‘z takliflarini bildirdi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Saloxiddinov va  vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash   fakulteti dekani X.Tursunovlar  masofadan turib ta’lim olishni tashkil etish,  akademik mobillik, hamkorlikda onlayn konferensiyalar, ma’ruzalar tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.       Muloqot yakunida  hamkorlar  do‘stona va samimiy tarzda o‘tkazilgan ilmiy muloqot, o‘zaro manfaatli hamkorlik takliflari uchun bir-birlariga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!