alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BEMOR BOLAJONLARGA SOVG‘ALAR ULASHILDI

12:08 28.12.2021

BEMOR BOLAJONLARGA SOVG‘ALAR ULASHILDI

Sovg‘a olgan bolajonlarga e’tibor bersangiz, shodligi ko‘zlarida aks etadi. Ularning quvonchidan ruhlanasan kishi. Mana shunday hayrli ishni maqsad qilgan Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari hamda Davolash fakultetining 4-bosqich talabalari Ftiziatriya va pulmonologiya markazi Bolalarni davolash bo‘limida davolanayotgan bemor bolajonlarga Yangi yil tadbirini tashkil etdilar.

Unda Yangi yil qahramonlari timsolida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek, kichkintoylar ham sher va qo‘shiqlar aytishdi. Bayram o‘zgacha kayfiyatda o‘tkazildi. Ayniqsa, jajjilarga taqdim etilgan sovg‘alar ularning dardlarini aritdi go‘yo.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!