alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Besh tashabbus – besh imkoniyat”

18:59 13.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi majlislar zalida Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy profilaktika yo‘nalishi talabalari hamda Umumiy gigiena kafedrasi xodimlari  tomonidan buyuk sarkarda, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludini 537 yilligi munosabati bilan “Besh tashabbus – besh imkoniyat”  mavzusida  adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan  5 ta muxim tashabbusning birinchi yo‘nalishi musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning  boshqa turlari bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi.



Adabiy-badiiy tadbirni Milliy gvardiya askarlari qiziqish bilan kuzatib bordilar, ma’naviy ozuqa olish bilan birga mazmunli dam oldilar.


Tadbirda o‘z iste’dodlarini namoyish etgan faol talabalarga Milliy Gvardiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan minnaddorchilik bildirildi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

S.Xolmirzayeva

ADTI tibbiy profilaktika yo‘nalishi mas’uli

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!