alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Besh tashabbus – beshta imkoniyat

08:59 07.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan tadbiq etilgan 5 ta tashabbusning birinchi bandi – musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr  va san’at  yo‘nalishi bo‘yicha davolash fakulteti 412- va 413-guruh talabalari ishtirokida “Besh tashabbus – beshta imkoniyat” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Viloyat silga qarshi kurash dispanseri bosh shifokor muovini Xalilov Jaxongir ochib berdi.

Ishtirokchilardan 413-guruh talabasi Abdugaffarova Munavvara  o‘z taqdimotida beshta tashabbusning har  biriga to‘xtalib, mazmun-mohiyati va yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida tinglovchilarga ma’lumot berib o‘tdi.

So‘ng ADTI  Yoshlar ittifoqi a’zosi Raxmanov Jaxongir va Bo‘stonov Madiyorbeklar  tomonidan tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rinishidagi dastur o‘tkazildi.  Bunda tibbiyotga oid  hazil-mutoyiba, kichik sahna ko‘rinishlari, qatra  xandalar, talabalar hayotiga oid latifalar musiqa sadolari ostida namoyish etildi.

Tadbirda kafedra xodimlari, davolash fakulteti 421-, 422-, 423-guruh talabalari, VSQKD xodimlari va bemorlar yuqori qiziqish bilan  ishtirok etdilar.

Tashkilotchilar tinglovchilarga o‘zlarining tayyorlagan ijodiy mahsullarini  san’at, adabiyot va musiqa ko‘rinishida ifoda etdilar. Tinglovchilar tadbirdan ma’naviy ozuqa va ko‘tarinki kayfiyat olganliklarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!