alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BESHINCHI FASL

16:04 10.03.2021

Saytimizda yaxshi yangilik. Iqtidorli va izlanuvchan talabalarimiz bilan “Beshinchi fasl” rukni orqali suhbatlar berib boramiz. Siz ham o‘zingizni namoyon etish istagida bo‘lsangiz, yangi fasl tarovatidan bahra oling. Chunki bizda yog‘ingarchilik emas, quvonchli lahzalar quyoshi porlab turadi. Bugungi suhbatdoshimiz Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Javohir Yo‘ldoshev.

Salom, Javohir!

Assalomu aleykum.

Juda ham jiddiy yigitga o‘xshaysiz, kayfiyatlar a’lomi? Yoki darslardan zerikdingizmi?

(kuladi) Yo‘q, kayfiyatim a’lo. Agar o‘zing istagan va o‘rganmoqchi bo‘lgan sohalar bo‘lsa, darslar hech qachon zerikarli bo‘lmaydi. Yaxshi mavzu ochildi menimcha. Bilasizmi, inson orzu va maqsadlar bilan yashaydi. Ularga esa cheksiz harakatlar bilan erishiladi.

Bandmisiz deyman, qandaydir yozish-chizish bilan bandsiz?

Do‘stlarim bilan darsdan bo‘sh vaqtlari talabalarga dars mashg‘ulotlari olib boramiz, shunga tayyorgarlik ko‘rayapman.

Qiziq, o‘zingiz hali talaba bo‘la turib talabalarga dars mashg‘ulotlari olib borasizmi?

Ha. Fiziologiya, biokimyo, farmakalogiya, patalogiya maxsus fanlaridan interfaol usullarda mashg‘ulotlar olib boramiz. O‘quvchilarimiz asosan 1-4-bosqich talabalari. Ularga ko‘proq darsliklarda uchramaydigan, ya’ni tibbiyotga oid eng so‘nggi maqolalar, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining adabiyotlari asosida ma’lumotlar berib boramiz. O‘quvchilarimiz orasida xatto xorijlik talabalarimiz ham bor. Shuning uchun ham darslarimiz ko‘proq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Bu darslarni talabalar uchun qulay tomonlari bormi?

Albatta. Asosiy darslarni o‘zlashtira olmagan talabalar bu mashg‘ulotlar orqali bilimlarini mustahkamlaydilar. Qolaversa, o‘zbek talabalarimiz xorijiy tillarni, xorijlik talabalarimiz esa o‘zbek tilini o‘rganadilar. Institutimiz rektori M. Madazimov biz yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Har qanday fikr va loyihalarimiz chetda qolmaydi. Darslarimiz uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.

Do‘stlaringiz bilan siz to‘g‘ringizda suhbat qilganimda sport turlariga ham ishtiyoqingiz yuqori ekanligini aytishdi…

Suzish sport turi bo‘yicha to‘garakka qatnashaman. Shuningdek, shaxmat va futbol sport turlari bilan shug‘ullanish kunlik mashg‘ulotlarimga aylangan. Aytishadiku, sog‘ tanda – sog‘lom aql, deb.

Suhbatingiz uchun raxmat sizga. Kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!