(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BETAKROR RANGLAR JILOSI

14:57 13.02.2021

Ishdan yoki o‘qishdan toliqqanigizda o‘zingiz xohlagan rasmni chizing. Ruhiyatingiz tetiklashganini sezasiz. Bu esa bora-bora sizning hobbiyingizga aylanadi va yashirin iqtidoringizni kashf etadi. Viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 5 ta tashabbus doirasidagi tadbirlar iste’dodli yoshlarimizni aniqlab bermoqda. Talaba- yoshlar o‘rtasida “San’at va madaniyat haftaligi” doirasida bo‘lib o‘tgan “Ranglar jilosi” tasviriy san’at yo‘nalishidagi tanlov ham ayni muddao bo‘ldi.
Unda institutimiz Davolash fakultetining 1-bosqich talabasi Saidjalol Ibrohimjonov ham o‘z asarlari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, portret janridagi rasmlari hakamlar hay’atining e’tiborini tortdi.

Chunki inson portretini har kim ham mahorat bilan chiza olmaydi. Xarakter va ichki kechinmalarni qog‘ozga tushira olish ham katta bir san’at, albatta. Saidjalolning ishlari 3-o‘ringa munosib, deb topildi.
G‘oliblik barcha talabalarimizga yarashadi. Siz ham bu kabi tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok eting!