alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bilimdonlar bahsi

17:53 18.12.2019

Tibbiyot sohasini tanlagan inson juda bilimli, o‘ziga ishongan, mahoratli bo‘lishi shart. Bemorning huzuriga kirganda kasallikni aniqlash va unga zarur davo choralarni ko‘rish uchun ziyraklik, aql-zakovat zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham shifokorlik kasbini tanlagan har bir yosh tinmsiz izlanish, o‘rganish, tajriba orttirishdan charchamasligi zarur.

Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya kafedarsi tashabbusi bilan talabalarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Bilimdonlar bahsi” intellektual musobaqa o‘tkazildi.

Davolash va Pediatriya fakultetlarining 3-bosqich talabalaridan iborat ikki jamoa Patologik fiziologiya kafedrasi assistenti Ozadaxon Jalolova rahbarligida bilimdonlar bahsiga tayyorgarlik ko‘rishdi.

“Bilimdonlar bahsi” tanishtiruv, nazariy savol-javoblar, jamoalarning o‘zaro savol-javoblari, test savollari, vaziyatli masalaga echim topish shartlari asosida olib borildi.

“Tanishtiruv” shartida jamoalar axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda videoroliklar asosida o‘zlarini tanishtirishdi.

“Savol-javoblar” shartida esa Patologik fiziologiya kafedarsi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Sh.X.Xamroqulov rahbarligidagi hakamlar hay’ati talabalarning patologik fiziologiya bo‘yicha qaydaraja bilimga ega ekanliklarini “yaxshigina” sinovdan o‘tkazdilar.

“Test savollari”ning natijalaridan hakamlar mamnun bo‘lishdi. 5-shart – kutilmagan holatlarda talabalarning harakatlari ham hakamlar va tomoshabinlar tomonidan diqqat bilan kuzatib borildi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra Patologik fiziologiya kafedarsi  tomonidan o‘tkazilgan “Bilimdonlar bahsi”da Davolash fakulteti 3-bosqich talabalaridan iborot jamoa g‘alabaga erishdilar.

Ammo ishtirokchilar:  “Bilimdonlar bahsi”da gap kim g‘olib bo‘lishida emas, balki tibbiyotga oid bilimlarimiz mustahkamlanganligidan mamnunmiz”, – deya bahsni tashkil etgan ustozlariga alohida minnatdorchilik bildirishdi.

Tomoshabinlar qatorida biz ham Andijon davlat tibbiyot institutida tanlagan kasbini sevuvchi, bilimdon, zukko talabalar ko‘pligidan mamnun bo‘ldik va ularga yangidan-yangi yutuqlar tiladik.

ADTI axborot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!