alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bilimlar sarhisobi

11:32 20.01.2020

Kunlar oqar daryodek shitob bilan o‘tib bormoqda. Kechagina o‘quv yilini tantana bilan boshlagan talabalar nazorat ishlari, imtihonlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Andijon davlat tibbiyot institutida hafta avvalida o‘tkaziladigan an’anaviy “Shukronalik” tadbirida aynan shu masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir institut asosiy binosida Anatomiya, klinik anatomiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan kafedra katta o‘qituvchisi I.I.Sattiboyev o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi va talabalarning belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib, nazorat ishlarini muvaffaqiyatli topishlarini tiladi.

ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Fakultet terapiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga, sog’-salomat uyg’onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Fakultet terapiya kafedrasi o’qituvchilari N.Yusupova va Z.Mamajonovalar tomonidan «Ma’naviy barkamol yoshlar yurt kelajagi» mavzusida ma’ruza qilindi va Ona Vatanni madh etuvchi she’rlar o’qildi.

Institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbirida ham oldindagi nazorat ishlari, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish masalasi muhokama qilindi.

Talabalar «Shukronalik» tadbirida qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada bajarish ishtiyoqida o‘quv xonalari tomon yo‘l oldilar.
 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!