alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIR UMRGA YORQIN TABASSUM”

16:53 09.10.2019

Yosh avlodni har tomonlama komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun hukumatimiz tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu ezgu maqsadga barcha tashkilot, muassasalar o‘z hissasini qo‘shish borasida ish olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston Stomatologlar Assotsiatsiyasi respublikamiz boshlang‘ich sinflarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Bir umrlik yorqin tabassum” loyihasini amalga oshirmoqda.

Andijon  davlat  tibbiyot  instituti stomatologiya fakulteti dekani Dilshodbek Tulanov boshchiligida gospital va klinik stomatologiya,, jarrohlik stomatologiyasi kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda fakultetning 4-, 5–bosqich talabalari mazkur loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilishmoqda.

O‘zbekiston Stomatologlar Assotsiatsiyasi Andijon viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligidagi “Bir umrlik yorqin tabassum” loyihasining koordinatori Hilolaxon Rahimberdieva instituga tashrif buyuridi va stomatologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib loyihani mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha berib o‘tdi.

Shundan so‘ng fakultet jamaosi Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabi borishda va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bir umrlik yorqin tabassum”, “Haqiqiy tish himoyachisiga aylan” shiori ostida seminarlar o‘tkazdilar.

Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari jam bo‘lgan seminarni fakultet dekani D.Tulanov ochib berar ekan, tishlarni asrash borasida tavsiyalar berdi. Seminarda so‘z olgan Andijon viloyat stomatologiya  poliklinikasi bosh shifokori  R.R.Usmonov inson salomatligini mustahkamlashda tishlarning sog‘lom bo‘lishi alohida o‘ringa ega ekanligi ta’kidlab o‘tdi. Seminar davomida stomatologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan 4-, 5-bosqich talabalari o‘quvchilarga tishni  parvarishlash  usullari, qanday qilib sog‘lom va oppoq tishlarni saqlab qolish mumkinligi haqida kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!