Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga kirish imtihoni o’tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yilida Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga kirish uchun og‘zaki imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan tashrif buyurgan umumiy  amaliyot shifokorlari  «Akusherlik va ginekologiya»,  «Endokrinologiya» , «Pediatriya»,  «Ichki kasalliklari» va «Tibbiy radiologiya (ultratovush diagnostikasi)» mutaxassisliklari bo‘yicha imtihon topshirdilar.

Imtixon boshlashdan avval  atestatsiya hayati  raisi,  ADTI rektori professor  M.M.Madazimov talabgorlar bilan suhbatlashib,  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 31-oktyabrdagi 269-sonli «Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish to‘g‘risida»gi  buyrug‘i mohiyatini yana bir bor tushuntirdi va talabgorlarga  imtihonda muvaffaqiyat tiladi.

189