Birlashgan Arab Amirligi tibbiyotchilari bilan hamkorlik aloqalari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida xorijiy tibbiyot mussasalari bilan turli yo‘nalishlardagi hamkorligimiz rivojlanib bormoqda. Tibbiyot sohasidagi tajriba almashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish hamisha o‘z samarasini ko‘rsatadi – el salomatligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Mana shu ezgu maqsadda joriy yil 12- va 16-dekabr  kunlari Birlashgan Arab Amirligi Dubay shahrida bo‘ldim.

Safarda  chog‘ida     Dubay  shahrida joylashga  Eron katta  shifaxonasiga  tashrif buyurdim.  Tashrifimiz shifoxona bosh shifokori  professor Sayid Imran Abbas taklifiga binan  tashkil qilindi.

Tashrif chog‘ida shifoxona rahbariyati, shifokorlari faoliyati, shifoxona tuzilishi, zamoanviy tibbiy asbob-uskunalar  bilan yaqindan tanishdim. Shifoxonada qilinayotgan ishlar, yangiliklar va ularning yutuqlari bilan atroflicha tanishdik. Bemorlarga qilinadigan muolajalar, operatsiya turlarini  batafsil  ko‘rsatishdi va  aytib berishdi.

Samimiy muloqot davomida institutimiz  va O‘zbekiston haqida  qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi.  Institutimiz haqidagi videorolik namoyish etildi. Safar chog‘ida barcha xodimlar bilan tanishib, rahbariyat bilan  hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Hamkorlik asosan magistrlar, klinik ordinatorlar va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish to‘g‘risida bo‘ldi.

O‘z navbatida professor Sayid Imran Abbas Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurish, talabalarga  xirurgiyaning dolzarib muommolari xaqida ma’ruzalar va mahorat darslari, ko‘rgazmali  operatsiyalarni  o‘tkazib berish istagini bildirdi, shu yo‘nalishlarda  kelishib olindi.   Bu asosan 2020-yil birinchi choraklarida amalga oshirish rejalashtrildi. Birlashgan Arab Amirligiga qilingan safar ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishiga ishonamiz.

Yu.S.Egamov,

ADTI Umumiy xirurgiya kafedrasi professori

204