Bitiruvchi kurslarining ilmiy-amaliy konferensiyasi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti jarroxlik va urologiya kafedrasi tashabbusi bilan  kafedra assistenti D.Sh.Xojimetov rahbarligida 619- guruh talabalari “Oshqozon va o‘n  ikki barmoqli ichak yara kasalligining diagnostikasi va davolashda zamonaviy yondoshuv” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdilar. Konfrensiyada 1-, 2-kurs talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Konfrensiyani  davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamataov ochib berar ekan bo‘lajak shifokorlarga kelgusidagi ishlariga omad tiladi.

Konfrensiyada so‘z olgan kafedra mudiri professor F.N.Nishonov konfrensiya mavzu va uning dolzarbligi xaqida to‘xtalib o‘tdi.

Konfrensiya videomateriallar va vazyatili masalalar bilan qiziqarli  tarzda olib borildi.

Konfrensiya yakunida mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi, faol ishtirokchilarga kafedra tomonidan esdalik sovg‘ali topshirildi.

Davronbek Xojimetov

ADTI Jarroxlik va urologiya kafedrasi assistenti

107