“Biz doim bir safdamiz!”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston “Adolat” sosial delokratik partiyasi tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan “Biz doim bir safdamiz!” shiori ostida tadbirda o‘tkazildi.

Bundan 25 yil avval siyosiy maydonga yangi kuch sifatida kirib kelgan “adolatchilar” o‘zlarining xalqchil g‘oyalari bilan qisqa vaqtda jamoatchilik e’tiborini tortdi.  Viloyat partiya kengashiga dastlab Hamidjon No‘monov yetakchi sifatida tanlandi. Ana shu yillarda partiyaning taniluvchanligi,  a’zolar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar orasiga chuqur kirib borilgani va OAVlar orqali muntazam chiqishlar o‘z samarasini berdi.

E’tiborlisi, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunbuzilish xolatlarini oldini olish va qonun ustuvorligi yo‘lida qator tashabbuslar bilan chiqildi. Natijada adolat va haqiqatni qo‘llab-quvvatlovchilar safga qo‘shildi. Bugungi kunga kelib ularning soni viloyatimizda 18 ming nafardan ortdi.

Keyingi yillarda boshqa sohalar qatori siyosiy partiyalar tizimida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatimizdagi rivojlanish, qonunchiligimizga kiritilayotgan o‘zgartishlar barchamizdan yanada faollik, tashabbuskorlikni talab qilyapti. “Adolatchilar”  ham bunga “labbay!”, deya javob beryapti.

Partiya imidjini shakllantirishning asosiy omillaridan biri fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirsh. Ayni shu maqsadda  adolat uchun kurashish. qonunbuzilish va jinoyatchiliklarni oldini olish bilan elektorat ishonchini mustahkamlash asosiy vazifaga aylangan.

-Bizning kuchimiz, siyosiy maydondagi o‘rnimiz, albatta, amalga oshirilayotgan isloxotlardagi ishtirokimiz va safimizni kengayib borayotgani bilan baholanadi,-deydi viloyat kengashi raisi Madaminjon Madazimov.-Istiqbolli loyixalarimiz ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Birgina “Adolat–qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida 2019-yilda 663 marotaba aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi.  Fuqarolardan kelib tushgan 911 ta murojaatlarning aksariyati echimini topdi. Ularni hal etish maqsadida  182 ta deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Ushbu loyiha doirasida turli sabablar bilan xorijiy davlatlarga  chiqib ketgan, tayinli mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlar va ularning yaqinlari bilan  muloqotlar o‘rnatildi. Natijada 244 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi. Bu yoshlar siyosati bilan  borasida bugungi kun talabiga bizning javobimiz.

Jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Media olam: tendensiyalar va istiqbollar” loyihasidan ko‘zlangan maqsad OAVlar faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan qonunchilikni tahliliy-tanqidiy o‘rgangan holda ularning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qonunlarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Ayni vaqtda OAVning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan. Qolaversa, islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, mass-medianing jamiyat va davlat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida faoliyat ko‘rsatishidagi rolini yanada oshirish.

Andijon shahrida “Adolat yo‘lida kurashamiz!” mavzusida tashkil etilgan  davra suhbati Jalaquduq tumanidagi sport musobaqalari, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ixtirochi yoshlar ko‘rgazmasiga ulandi. Asosiy tadbir Xonobod shaxrida bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning tarixi, chorak asrlik yo‘li va istiqboldagi rejalari teatrlashtirilgan holda ifodalandi.  Mahalliy kengash deputatlarining ish faoliyati bilan tanishildi.

-Maqsadimiz — mustaqilligimizni mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va O‘zbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam o‘rin olishiga munosib hissa qo‘shish,-deydi xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Ibrohimjon Mitillaev,-Bu yo‘lda biz oldingi safda borishimiz zarur. Chunki saylovchilar bizni mana shu partiya orqali tanidi, ishonch bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari “Kuch — adolatda!”, “Adolat — hayotimizning bosh mezoni”, “Adolat — har bir inson uchun!”  shiorlari ostida qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi uchun kurashish yo‘lida yanada faollik ko‘rsatishga kelishib oldilar.

                                      Akbarjon NAZAROV

77