alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA KAFEDRALARARO TADBIRLAR OʻTKAZILDI

20:38 09.12.2021

“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA KAFEDRALARARO TADBIRLAR OʻTKAZILDI

9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan kafedralar bilan hamkorlikda tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Gospital terapiya va endokrinologiya, Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya, Biokimyo, Farmakologiya, klinik farmokologiya va tibbiyot biotexnologiyalari, Bolalar xirrurgiyasi, Tibbiy biologiya va gistologiya, Jarrohlik va urologiya kafedralarida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbatlarida professor-oʻqituvchilar va talabalarga korrupsiya, uning salbiy oqibatlari, korrupsiya taʼsiriga tushib qolganlar qonun oldida javobgarliklari borasida mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berib oʻtildi.