alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostidagi aksiya

13:47 30.09.2019

Davlatimiz tomonidan keyingi yillarda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelajak avlodni har tomonlama yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri. Shu ma’noda yoshlar siyosati masalasi jamoatchilik idoralari, jumladan siyosiy partiyalar faoliyatida keng o‘rin egallayotgani bejiz emas.


O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi tomonidan Asaka tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostidagi aksiya ham ayni shu maqsadga qaratildi. Unda “Yosh adolatchilar” bilan birga partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, jamoatchilik vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.


Shuningdek, tadbirga xalqimiz orasida taniqli bo‘lgan san’atkorlar, so‘z ustalari, yosh ijodkorlar taklif etildi, ular ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.


Bayramona tadbir ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va qatnashish istagini tug‘dirdi. Buni sayilgohning yoshlar bilan gavjumligi, ishtirokchilar soni kutilganidan ko‘pligi ko‘rsatib turibdi. Ular orasida boshqa millat vakillarini ham uchratish mumkin.


Sayilgohning asosiy darvozasi oldi partiyaning targ‘ibot materiallari, yoshlarni vatanparvarlikka chaqiruvchi shiorlar bilan bezatilgan. Qo‘lida davlat bayroqlarini tutgan “adolatchilar”ning “Biz bir kuchmiz!”, “Kuch-adolatda!” degan xayqiriqlari  ommaviylikni oshirdi.

Yurtdoshlarimiz bilan kechgan suhbatlarda davlatimizning bugungi siyosati, yoshlarga bo‘lgan e’tibor va amalga oshirilayotgan islohotlardan ularning mamnunligi o‘z ifodasini topdi. Muloqotlar chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.

San’atkorlarning chiqishlarida tinchligimiz, mustaqilligimiz va yoshlik o‘z ifodasini topdi. Sho‘x navolar, estrada xonandalarining qo‘shiqlari yig‘ilganlarni davraga chorladi.

Tadbir yoshlarga xush kayfiyat ulashish bilan birga ularni siyosiy faollikka, korrupsiyaga qarshi kurashishga chorladi. Tadbir davomida yig‘ilganlarga O‘zbekiston “Adolat” SDP, uning maqsad va g‘oyalari, saylov qonunchiligi va bugungi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi.Turli rangdagi chiroqlar bilan bezatilgan amfiteatrdagi gala konsert kechga qadar davom etdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!