2019-yil 1- mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi, Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti va Andijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.O‘rmanbaeva hamkorligida Asaka dehqon bozorida “Biz sen bilan” shiori ostida navbatdagi aksiya o‘tkazildi.
Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad: aholi o‘rtasida dolzarb muammoga aylangan yosh ona va bolalar o‘limining oldini olish, onkologik kasalliklar, jumladan: sut bezi saratoni, yosh bolalarda uchraydigan limfomik kasalliklar va buyrak o‘smasi kasalliklari haqida aholining tibbiy bilimlarini oshirish bo‘ldi.
Shu qatorda boshlang‘ich tashkilot faollari tomonidan aholiga sut bezi saratoni profilaktikasi to‘g‘risidagi bukletlar tarqatildi. Yoshlarning bu xayrli tashabbusini Asaka ahli va yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan qarshi oldilar.