Biz sizning sog‘ligingiz haqida qayg‘uramiz

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

1 dekabar – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS – Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligi haqida esa bugun barcha ma’lumotga ega. Xalq orasida “bedavo dard” sifatida tilga olinadigan OITS dardiga mubtalo bo‘lgan insonning umri, albatta zavol topadi. Shuning uchun ham OITSga qarshi kurash butun dunyo miqyosida olib borilmoqda.

1 dekabar – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida tadbir o‘tkazildi. Davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudya katta yordamchisi K.Rasulov, Innavatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi bo‘lim mudiri U.Usmonov, viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari J.Mamadalieva, H.Saidahmedovlar hamda Andijon  davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ochib berar ekan, OITS kasalligi, kasallikning oldini olish choralari xususida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng,  Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudya katta yordamchisi K.Rasulov so‘zga chiqib OITS asosi giyohvandlik, fohishabozlik, odam savdosi  kabi jinoyatchiliklardan iboratligi, OITSga qarshi kurash jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda olib borilishi, OITSga qarshi kurashning qonunuiy asoslari  xususida so‘z yuritidi.

Innavatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi,  viloyat OITSga qarshi kurash markazi,  Andijon  davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mutaxassislari OITS virusi, uning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

“Biz sizning sog‘ligingiz haqida qayg‘uramiz” shiori ostida faoliyat olib boruvchi tadbir tashkilotchilari barcha ishtirokchilarni OITS kasalligidan ogoh bo‘lishga va hamisha sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirdilar.

Savol-javob tarzida o‘tgan davr suhbatida talabalar OITS bilan kasallangan bemorlarning davolash choralari, ular bilan tibbiy muolajalarni olib borish yo‘llari xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan etarlicha javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati

225