alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi

14:51 21.02.2019

2019-yil 21- fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  pediatriya  fakultetining  1-bosqich talabalari ishtirokida  “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”  mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ADTI psixologi O‘.Arziqulov  ochib, inson organizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi zararrli moddalarni, inson ruhiyatiga, shaxs kamolotiga  salbiy ta’siri  to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.


So‘ngra institut Yuqumli kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi  M.Po‘latov  OIV infeksiyasi to‘g‘risida ma’ruza qildi.Shuningdek, OITS kasalligi, kasallikning kelib chiqishi,etiologiyasi, patogenezi, yuqish yo‘llari, OIV infeksiyasi  belgilari, davolash  yo‘llari haqida ma’lumotlar berdi.


Tadbirda  Andijon viloyat OITSga kurash markazi  mutaxassisi M.Alimov so‘zga chiqib, viloyatimizda  mazkur kasallikka  qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar va profilaktik tadbirlar xususida gapirdi. U o‘z so‘zida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yana kuchaytirish lozimligini ta’kidlab, bu borada talabalarni faol bo‘lishga chaqirdi.


Shundan so‘ng, psixiatriya  va narkologiya kafedrasi  assistenti  I.Kozimjonova  “Alkogolizm kasalligi” mavzusida  ma’ruza qildi.

Sog‘lom turmush  tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir ochiq muloqot tarzida mazmunli va qiziqarli o‘tdi. Talabalar  mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan  batafsil  javob oldilar.    

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!