alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZ-SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

16:08 04.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga O‘RI, gripp, koronavirus infeksiyasining yangi turi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №14-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligi va gemokontakt virusli gepatitlar infeksiyalar, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.


Seminarda ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, pediatriya fakulteti 5-, 6-kurs talabalari, viloyat OITSga qarshi kurash markazi etakchi mutahassisi M.A.Alimovlar ishtirok etishdi.


Yig‘ilishni institut davolash ishlari prorektori B.X.Mirzakarimov, hozirda jaxon xamjamiyatidagi koronavirus infeksiyasining epidemik holati va davlatimizga virus kirib kelishini oldini olishga qarata o‘tkazilayotgan choralar to‘g‘risida qiskacha so‘z yuritib seminar kun tartibi bilan qatnashchilarni tanishtirdi.


Birinchi masala yuzasidan ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti M.R.Yulchibaev “Koronavirus infeksiyasi” epidemiologiyasi, kasallik patogenezi, simptomlari va oldini olish chor-tadbirlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.


Ikkinchi masala yuzasidan “OITS kasalligi, Andijon viloyatidagi holat va kasallikni oldini olish” mavzusida yuqumli kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.E.Po‘latov ma’ruza qildi.

Viloyat OITSga qarshi kurash markazi etakchi mutahassisi M.A.Alimov hamma’ruzachi sifatida hozirda viloyatimizda OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy tekshirish usullari va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida qatnashchilarga nutq so‘zlab, talabalarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berib o‘tdilar.
Seminar qatnashchilarning qizg‘in munozaralari bilan o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!