alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Biz talaba bo‘lamiz

10:53 09.10.2019

Yoshlik – beg‘uborlik. Yoshlikda, bolalikda ulkan-ulkan orzular og‘ushida bo‘ladi. Mana shu orzular insonni ezgu maqsadlar sari yetaklaydi, komil inson qilib tarbiyalaydi. Shuning uchun ham yoshlarni, bolalarni qiziqishlari, orzulariga alohida e’tibor qaratishimiz, ezgu maqsadlarini amalga oshirishlariga ko‘mak berishimiz zarur. Bu borada esa oila-maktab-ta’lim mussasasi hamkorligini ta’minlash zarur. Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar maktab va oliy ta’lim hamkorligini ham talab etmoqda.

O‘quvchilarni oliy ta’limga jalb qilish, qolaversa ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida Andijon shahri “Obod” MFY hududidagi 17-maktabning 11-“B”, 11-“G” sinf o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. 50 dan ziyod o‘quvchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 17-maktab boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Davronbek Yaxshiboyev va sinf rahbarlari Malikaxon Umrzaqova, Gulhayo Mamadaliyevalar hamrohlik qilishdi. Maktab o‘quvchilarini institut davlosh fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov kutib oldi.

Maktab o‘quvchilari dastlab institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, institut kafedralarida tashkil etilgan muzeylarda bo‘lishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar olishdi. Taassurotlarga boy tashrif yakunida maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishga ahd qilganiga ishonchimiz komil.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!