alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZ YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORMIZ!

00:45 18.08.2021

Bugun, 17-avgust kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-2022-oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi aʼzosi A.Eshmurodov Andijon davlat tibbiyot institutining mavsumga tayyorgarlik holatini oʻrgandi.

Dastavval institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar bilan uchrashuv chogʻida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, talabalarning amaliyot jarayonlari borasida hisobotlari tinglandi. Soʻngra institutning asosiy binosi va oʻquv xonalarining dars jarayonlariga tayyorgarlik xonalari koʻzdan kechirildi. Inkubatsiya va akseliratsiya, Simulyatsiya markazlarida talabalarning samarali va sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan, shuningdek, Axborot-resurs markazida esa adabiy-badiiy, ilmiy, elektorn adabiyotlarning yetarli ekanligi oʻrganildi.
Shuningdek, institutning ikkinchi oʻquv binosidagi sharoit va imkoniyatlar bilan ham tanildi. Oʻquv labaratoriya xonalarining gigiyenik hamda labaratoriya asbob-uskunalarining yaroqlik va xavfsizlik holatlari ham koʻzdan kechirildi.

Tashrif soʻnggida ishchi guruh aʼzosi tomonidan institutning mutassaddi rahbarlariga yangi oʻquv yilida taʼlim va tarbiyaga yanada koʻproq eʼtibor qaratish, iqtidorli talaba-yoshlar safini kengaytirish, institutga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlarini toʻgaraklarga jalb etish borasida qoʻshimcha koʻrsatmalar berib oʻtdi.