alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZNING TALABA “ABSOLYUT CHEMPIONI”

08:22 12.04.2021

Toshkent davlat stomatologiya institutida «MegaMaster» talabalarning respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat stomatologiya instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat  tibbiyot instituti, Samarqand  davlat  tibbiyot instituti va Qoraqolpog‘iston tibbiyot institutidan 14 nafar stomatologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Unda institutimiz nomidan stomatologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Sherxon Dadaxonov qatnashdi.

Tanlov 3 ta bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda ishtirokchilar belgilangan kasalliklar asosida stomatologik bemorning tibbiy kartasini to‘ldirdilar. Ikkinchi bosqich nazariy shaklda bo‘lib, unda ishtirokchilar TDSI simulyatsion markazida  elektron holatda vaziyatli masalalarni yechdilar. Uchinchi bosqich amaliy tarzda Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasining fantom zallarida bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda talabalar fantomlarda tishlar restavratsiyasini amalga oshirdilar.

Mazkur tanlovda ADTI Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R. Raimjonov  ekspert sifatida va kafedra katta o‘qituvchisi B. Usmonov kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Quvonarlisi, barcha bosqichlar yakuniga ko‘ra, ADTI talabasi Sh. Dadaxonov tanlovning «Absolyut chempioni» deb topildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!