(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZNING "YOSH AKADEMIK"LAR

23:25 17.02.2021

Institutimiz talabalarining erishayotgan muvafaqqiyatlari ketma-ket hushxabarlarni keltirmoqda, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Innovatsion Rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasiga qabul qilingan talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, 3 nafar talabamiz unvon va pul mukofotlariga ega bo’ldilar. Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Muhammadayubxon Boboyev «Plagiat.Uz» loyihasi uchun 30 million, 6-bosqich talabasi Islomjon Bektashev «Quvnoq oyoqchalar» loyihasi uchun mikromoliyalashtirilgan 4 millon so’m, 6-bosqich talabasi Asilbek Dilshodov «MedClean» loyihasi uchun mikromoliyalashtirilgan 3 million so’m bilan munosib taqdirlandilar. Qolaversa, endi ular Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilinib, “Yosh akademik” unvoniga sazovor bo’ldilar. Unvonlar muborak!