alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bobur hamisha biz bilan

21:04 14.02.2020

Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda shoir va yozuvchilar, shuningdek, Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘icton, Qirg‘izistondan kelgan boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, jumladan Andijon davlat tibbiyot instititutining 200 dan ziyod professor-o‘qituvchilari va talabalari, yoshlar ishtirok etib, Bobur haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.



Tadbirni  viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.



Anjumanda so‘z olganlar mamlakatimizda Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, insoniyat tafakkurini ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.



Viloyat teatri san’atkorlari tomonidan Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yosh ijodkorlar Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qidilar.


Tadbirda Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari ayni kunlarda ham beqiyos ahamiyatga ega ekanligi, u hamisha biz bilan biga ekanligi takror va takror e’tirof etildi.

O’.Arziqulov

ADTI psixologi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!