Boburni sevgan boburiylar yuksak ehtirom ko‘rsatdilar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

14- fevral. Bu sana andijonliklar uchun juda qadrli. Shu kuni yurtdoshlarimiz  erta tongdan qalb amri bilan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi  maydonga  shoshildilar. Kun sovuq va yomg‘irli bo‘lishiga qaramasdan yuzlab hamyurtlarimiz – Bobur avlodlari  ulug‘ ajdodimiz  haykali atrofida jamuljam bo‘ldilar. Mumtoz kuy-navolar yangrab, buyuk yurtdoshimiz, shoh va shoir Bobur haykali poyiga  yuksak hurmat va ehtirom bilan gulchambarlar qo‘yildi.

Tantanali tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Qo‘chqarova ochib, barchani bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Boburning  ibratli hayoti, boburiylar sulolasining bashariyatga  qoldirgan bebaho merosi xususida ma’ruza qilib,  barchani  ulug‘ bobomiz xotirasiga bag‘ishlangan anjuman bilan qutladi.

Tantanada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir  G‘ayrat Majid so‘z olib, Yozuvchilar uyushmasi nomidan barchani  muborakbod etdi va o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.

Mazkur adabiy tadbirlarda ADTI rektori M.Madazimov, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tantanalar Bog‘i Boburda davom etdi.

Tadbirlar doirasida  Hindiston, Pokiston va Bangladesh kabi xorijiy yurtlardan, respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelgan barcha mehmonlar va adabiyot muxlislari ishtirokida  Bobur nomli Xalqaro jamoat fondining anjumanlar zalida  ilmiy-amaliy anjuman tashkil  etildi.

Anjuman ishini Bobur nomli Xalqaro jamoat fondi direktori Zokirjon Mashrapov olib bordi.

 

 

567