Bolajonlar yangi yil tantanalarini maroqli o‘tkazmoqdalar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Ayni kunlarda  yurtimizda Yangi  yil  bayrami  shukuhi. Viloyatimizning har bir go‘shasida  bayram  shodiyonalari  va  tantanalari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa bu bayramda  bolajonlar yayrab-quvnamoqdalar. Ularning yuzlaridagi cheksiz quvonchni, xursandchilikni  ko‘rib dilingiz yayraydi. Beixtiyor  ularning  beg‘ubor olamiga  g‘arq bo‘lasiz.       2018- yil 28- dekabr kuni Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli viloyat  musiqali drama teatrida Andijon davlat tibbiyot institutining 930 nafar professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlarining farzandlari “Yangi yil ertagi” spektaklini miriqib tomosha qildilar. Spektakl qahramonlari, Qorbobo, Qorqiz,  ertaknamo va turli sarguzashlarga boy bo‘lgan  mazkur tomosha barcha bolajonlarga birdek manzur bo‘ldi.

       Shuningdek, bolajonlar  shahrimiz markaziga o‘rnatilgan Bosh archa  atrofida  o‘tkazilgan ma’naviy- ma’rifiy  tadbirlarda  ham ishtirok  etdilar. Shu kuni ular  she’rlar aytib, qo‘shiqlar kuyladilar, dilrabo  musiqa sadolari  ostida yayrab raqsga tushdilar.

        Bayram tadbirlari bolajonlarda  katta taassurot qoldirdi.

 

                                                                                                         ADTI  matbuot xizmati.

205