alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASI – REANIMATOLOGIYASI VA INTENSIV TERAPIYASIDA YANGI TEXNOLOGIYALAR» MAVZUSIDAGI XALQARO FORUMI – NATIJALAR A’LO

18:46 15.06.2022

Andijon Davlat tibbiyot instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professor -o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya 2022-yil 10-11-iyun kunlari Bolalar Milliy tibbiyot markazi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, O’zbekiston Respublikasi anesteziolog-reanimatologlar assotsiatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi ko‘magida «Bolalar anesteziologiyasi – reanimatologiyasi va intensiv terapiyasida yangi texnologiyalar» mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdilar. Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda Norvegiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Gruziya, Turkiya, Belarus va Rossiya Federatsiyasi kabi 10 dan ortiq davlatlarning vakillari bolalar anesteziologiyasi va intensiv terapiyasida zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Butunjahon anesteziolog-reanimatologlar Federatsiyasi Prezidenti Jannicke Mellin – Olsena (Norvegiya) kelgusida hamkorlik aloqlarini o‘rnatish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar va institut nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Anjumanning 2-kunida Anesteziologiya – reanimatologiya, bolalar anesteziologiya reanimatologiya kafedrasi mudiri Sh.Toshboyev Yosh olimlar va talabalar tanlovida hay’at a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabasi A.Azimov «Talabalar tanlovi» da «Mahorat darslari va aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish orqali bolalarda shoshilinch holatlarning oldini olish» mavzusidagi ma’ruzasini olib bordi va 11 nafar ishtirokchilarning orasida faxrli I  o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Anesteziologiya – reanimatologiya, bolalar anesteziologiya reanimatologiya kafedrasi assistenti D.Abdurahmonova esa «Yosh olimlar» tanlovida «Simulyatsion ta’limning talabalarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdagi ahamiyati» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, 12 ta ishtirokchilar orasida faxrli III o‘rinni egalladi. G’oliblar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!