Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari sport musobaqalarida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Shifokor bemorini davolashi uchun, avvalo, o‘zi har bir sohada bemoriga ibrat bo‘lishi zarur. Shifokor salomatligiga e’tiborli, jismonan chiniqqan, sport bilan muntazam shug‘ullanuvi bo‘lsa, bemor ham shifokorning tavsiyalariga amal qiladi, shifo topadi. Bu haqiqatni har birimiz tan olamiz. Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari aynan mana shu haqiqatga amal qilgan holda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ahd qildilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri dotsent B.Mirzakarimov rahbarligida institut sport zalida sport musobaqalari uyushtirishdi.

Dastlab ikki jamoaga bo‘linib basketbol musobaqasi o‘tkazildi. Tanani biroz qizdirib olgan sportsevarlar basketbol o‘yinidan so‘ng stol tennisi bilan shug‘ullandilar.

Shaxmat va shashka bahslari esa uzoq davom etdi. Chunki “aql gimnastikasi”ga qiziquvchilar anchagina edi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari kelgusi sport mashg‘ulotlariga yanada yaxshi tayyorgarlik bilan kelishga ahd qilgan holda sport zalidan qaytishdi.

159