“Bolalar jarrohligining dolzarb masalalari” mavzusida anjuman

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2133-sonli  “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni  hamda “O`zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3071-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Andijon viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida  joylashgan ADTI bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasida 2019 – yil  27-aprel kuni Farg`ona vodiysi bolalar jarrohlari, anesteziolog-reanimatologlari, bolalar onkologlari ishtirokida “Bolalar jarrohligining dolzarb masalalari” bo`yicha hududiy ilmiy konferensiya bo`lib o`tdi.

Anjuman ishini kafedra mudiri, dotsent B.Mirzakarimov olib bordi.     Anjumanda Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari bosh mutaxassislari va shifokorlari qatnashdilar.

Konferensiya doirasida tug`ma nuqson bilan tug`ilgan chaqaloqlarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan muammolar va bolalar abdominal jarrohligida shoshilinch davolash taktikalari, shuningdek, siydik-tanosil a`zolarinig tug`ma nuqsonlarida diagnostik va taktik algoritmlar keng muhokama qilindi. Konferensiya yakunida mazkur muammolar bo`yicha fikrlar bildirildi va ilmiy konferensiyaning rezolyutsiyasi imzolandi.

172