Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti Nosirjon Akbarov “Bolalarda siydik chiqaruv a’zolarining tug‘ma nuqsonlari” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazdi.
Kafedraning ma’ruzalar zalida o‘tgan ochiq mashg‘ulotda kafedra professor-o‘qituvchilari, kasb ta’limi yo‘nalishi 5-, pediatriya fakutetining 4-bosqich talabalari hamda magistr, klinik ordinatorlar ishtirok etishdi.
Ma’ruza yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda qiziqarli o‘tdi.