alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!”

07:59 13.03.2021

Mamlakatimizda tibbiyot sohasida ham islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. Yurtboshimizning xalqchillik siyosatlari natijasida barcha yangilik va imkoniyatlar aholining barcha qatlamlariga yetib borishiga erishilmoqda. Hozirda sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lgan odamlar oddiy tibbiy tekshiruvdan o‘tish yoki ixtisoslashgan shifokor maslahatini olish uchun 10-20, ba’zan 50-60 kilometr yo‘l bosib tuman, viloyat markazlariga qatnaydilar. Endi esa o‘sha olis xududlarga bizning professor-o‘qituvchilarimiz aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqdalar.

“Bor mexrimiz shu Vatan, shu xalq uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan navbatdagi salomatlik aksiyasi Oltinko‘l tumanining KTMP, Navoiy, Mexnat, M. Rizayev OSHPlariga qarashli Ijtimoyat, Saroy, Itttifoq, Oftobochek, Madiyorchek MFYlarida tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.  Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarda ADTIning 15 nafar yetakchi olimlari (xirurg, oftalmolog, endokrinolog, kardiolog, terapevt, pediatr, infeksionist, dermatovenerolog, onkolog, nevropatolog, akusher-ginekolog, travmatolog, neyroxirurg) ishtirok etdi

Aksiya davomida tuman aholisining ijtimoiy himoyaga muxtoj “temir daftar”ga kiritilgan 54 nafari birlamchi tizim DPMlarida va 21 nafari uylarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordamlar berildi. Davolanishi, viloyat muassasalarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 3 nafar bemorga viloyat muassasalariga va 2 nafar bemorga ADTI klinikasiga bepul yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, tuman aholisining yetakchi mutaxassislar ko‘rigi uchun murojat qilgan 168 nafariga kerakli yordam va maslahatlar berildi.

Salomatlik aksiyalari davom etmoqda.