
Bugun, 12-mart kuni Botirov Jaxongir Akramjon o‘g‘li 14.00.43 «Profilaktik tibbiyot» va 14.00.27 «Xirurgiya» ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbekistonning yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyatsiyasida xoletsistitning epidemiologiyasi, kechishi va profilaktikasi xususiyatlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi J.Botirovni mazkur himoya ishi bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi!