alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Botulizmdan saqlanish o‘z qo‘limizda

15:22 28.12.2020

Qishning sovuq kunlarida odam organizmi tabiiy vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Qolaversa, Yangi yil bayrami dasturxonida turli mevalar, sabzavotlardan tayyorlangan konserva mahsulatlari iste’mol qilindi. Bu barchamiz uchun yoqimli, ammo ularning sifati talabga javob beradimi? Agar konserva mahsulatlari sifatsiz tayyorlangan bo‘lsa ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatiladi.
Botulizm  – ayrim hollarda o‘lim bilan tugaydigan og‘ir turdagi ovqatdan zaharlanish bo‘lib, uy sharoitida tayyorlanadigan pomidor, bodring va boshqa konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi.
Ovqatdan zaharlanish asab, oshqozon ichak tizimi va umumiy zaharlanish belgilarining yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘ladi.
Xolsizlanish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va og‘iz qurisho‘i, ko‘rishning xirlashuvi, buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, qovoqlarning osilishi, ovoz bo‘g‘ilishi botulizmning belgilaridir.
Botulizm zahari bosh miya asab tolalarini shikastlaydi. Natijada xalqum, yuzning harakatlantiruvchi mushaklarida falajlik paydo bo‘ladi, yurak nerv tolalari shikastlanadi.

Kasallikning yashirin davri 18-24 soatdan 2-3 kungacha, ba’zan 8-10 kungacha davom etadi. Kasallik yengil kechganda 2 yoki 3 hafta, og‘ir holatda 2-3 oylab cho‘ziladi.
Botulizmdan saqlanish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, tuzlamalardan ehtiyot bo‘lish lozim. Shuningdek belgilanmagan joylar – ko‘chalardan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik yoki sotib olinayotgan har qanday oziq-ovqat mahsulotining yorlig‘i, yaroqlilik muddatiga e’tibor qaratish kerak.
Har qanday konservalangan mahsulotni ochishdan oldin uning chayqamasdan suvining tiniqligini ko‘dan kechirish, qopqog‘i ko‘tarimaganligiga ishonch xosil qilish zarur. Bundan tashqari mahsulotning ezilmaganligiga, hidiga e’tibor qaratish kerak.

Agar botulizm kasalligi belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Uy sharoitida davolash og‘ir assoratlarga olib kelishni yodingizdan chiqarmang!

M.M.Naumanov 

ADTI patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi assistenti,

A.A.Mamataliev

ADTI patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi  mudiri, dotsent.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!