alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bugun, 2 sentyabrdan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun talabgor bo‘lgan abiturientlar uchun test sinovlari boshlandi.

08:54 02.09.2020

Ma’lumki, 2020/2021 o‘quv yiliga qabul uchun test sinovlari bugundan boshlanib, 14 kun davomida o‘tkaziladi.
Bu yil mamlakat bo‘yicha jami 91 oliy ta’lim muassasaciga kirish uchun 1 million 484 ming 85 abiturient ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketilishi inobatga olinib, joriy yilda test sinovlari stadionlarda hamda ochiq maydonlarda tashkil etilmoqda.

Test sinovlari ikki smenada – 1-smena – 08:00 dan, 2-smena – 17:00 dan boshlanadi. Test sinovlari 40 stadion va xiyobonlarda (65 ta sektor) o‘tkaziladi:
Andijon viloyati – 1 ta hudud (6 ta sektor)da Andijon shahridagi 3-kichik daxa, Mashrab ko’chasida joylashgan “Sportning o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar – o’smirlar sport maktabi asosiy stadioni”da bo’lib o’tmoqda. (Mo’ljal: Tennis korti).
Abiturientlar testga borishdan oldin DTM sayti orqali abiturient ruxsatnomasini olishi shart qilib belgilangan. Unda test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan bo‘ladi.
Ayni vaqtda yurtimizning barcha hududida abiturient shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan test imtihonlariga kirdi. Bu jarayonda ular dezinfeksiya yo‘lakchalaridan o‘tib, harorati o‘lchanib, shaxsi tasdiqlangach sinov hududiga kiritildi.

Imtihonlar boshlanishidan oldin viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov abiturientlarga test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib olishlarida omad tiladi.
Ma’lumot uchun, testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 savol beriladi. 1-fan uchun 3,2 ball, 2-fan uchun 3,1 balldan beriladi.

Abiturientning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlari o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test jarayonlarini test2020.uz sayti orqali onlayn tomosha qilish mumkin.
Murojaat uchun (Andijon davlat tibbiyot instituti bo‘yicha) telefon: +998-74-237-23-12

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!