alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BULOQBOSHI TUMАNIDАGI TIBBIY KOʼRIKDА АDTI KLINIKАSI MUTАXАSSISLАRI

20:23 09.06.2021

BULOQBOSHI TUMАNIDАGI TIBBIY KOʼRIKDА АDTI KLINIKАSI MUTАXАSSISLАRI

АDTI klinikasining mutaxassislari Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharq Yulduzi oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazdilar. Unda 10 turdagi mutaxassisliklardan iborat ishchi guruh ishtirok etdi. Muassasaga qarashli MFYlarning 198 nafar aholisi koʼrikdan oʼtkazildi. Mazkur fuqarolarning 16 nafari “Temir daftari”ga, 21 nafari “Аyollar daftari”ga va 11 nafari “Bolalar daftari”ga kiritilgan. Barcha koʼrikdan oʼtganlarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan 5 nafar fuqarolarga uylarida tibbiy koʼrik tashkil etilib, kerakli yordam koʼrsatildi.