alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BUYUK АLLOMАLАRNING IZDOSHLАRIMIZ

23:45 11.02.2021

Yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida oʼtkazilayotgan qator tanlov va musobaqalar ijobiy samarasini koʼrsatmoqda. Viloyat musiqa va drama teatrida “Sanʼat va madaniyat haftaligi” doirasida viloyatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida “Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur izdoshlari” gʼazallar tanlovi ham boʼlib oʼtdi.
Unda Аndijon davlat tibbiyot institutining talabalari ham faol ishtirok etdilar. Buyuk mutafakkir allomalarimizning hayoti va ijodiga oid maʼlumotlarni, gʼazal va ruboiylarini maroq va ishtiyoq bilan oʼqidilar. Аyniqsa, talabalarimizning shoirlarimiz siymosini aks ettiruvchi liboslardagi chiqishlari barchani moziyga chorlagandek boʼldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!