alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BUYUK BOBOLARIMIZGA EHTIROM

09:01 25.02.2021

Navoiy hikmatlarining tarbiyaviy ahamiyati yoshlarimizni yanada ko‘proq izlanishga chorlaydi. Institutning ilmiy kengashlar zalida Nizomiddin mir Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan adabiiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori M. Madazimov ochib berdi.
Talabalar uchun mazkur oliy o‘quv yurtida yaratilgan imkoniyatlar yetarli ekani, bunga javoban yoshlar ko‘proq badiiy adabiyotlarni, jumladan Hazrat Navoiy, Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz bosib o‘tgan yo‘llari, qoldirgan boy madaniy merosini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Farid Usmon hamda uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari, shoira Hurshidabonular ishtirok etdilar. Ular Navoiy asarlarining badiiyligi, ayniqsa “Xamsa” asarining adabiy va tarbiyaviy ta’sirchanligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar. Shuningdek, o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.
Tadbir davomida institutning akademik litseyi o‘quvchilari mutafakkir bobomizning g‘azal va ruboiylarini yoddan o‘qidilar. “Mo‘min Mirzoning o‘limi” deb nomlangan sahna asari, ayniqsa barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!