alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

CHET TILLАRINI OMMAVIY OʼRGАNISH VА BU BORАDАGI ISHLАRNI TАKOMILLАSHTIRISHGА QАRАTILGАN YANА BIR YIGʼILISH OʼTKАZILDI

19:46 10.05.2021

Ilmiy kengashlar zalida navbatdagi rektor va prorektorlar, dekanlar, ularning oʼrinbosarlari bilan yigʼilish oʼtkazildi. Unda kun tartibidagi masalalar koʼrib chiqildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida chet tillarni ommaviy oʼrganish masalalariga bagʼishlab oʼtgazilgan videoselektorda taʼkidlanganidek, chet tillari oʼqituvchilarining malaka oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratish, chet tillarini oʼrgatish mahorat darslari va toʼgaraklar tashkil etish, onalyn oʼqiyotgan talabalarga sifatli taʼlim berish, “Temir daftari”ga kiritilgan aholi qatlamlariga tibbiy-koʼriklarni yanada takomillashtirish, institut binosida kiyinish odobiga qatʼiy amal qilish kabi topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Bu borada prorektorlar, dekanlarning amalga oshirayotgan ishlari haqida hisobotlari ham tinglandi.