Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutaxassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha 2019- yilning 29- may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 12 ta mutaxassisliklardan iborat 38 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ishchi guruh tomonidan tumanning 546 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Shuningdek, tumanning 14 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarosi  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi. Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha klinik protokollar bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislariga va aholiga seminar-trening o‘tkazildi.

 

706