alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO’RIK

14:35 22.06.2019

Aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo’yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari tomonidan  2019- yilning 22 -iyun kuni Marhamat  TTBga qarashli  Ershi MFYda joylashgan  32-QOP va Ibn Sino QVPlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar davom ettirildi.


Tibbiy ko’rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog, infeksionist mutaxassislaridan iborat ja’mi 48 nafar malakali professor-o’q’ituvchilar ishtirok etishdi.


Tibbiy ko’rik bilan hududning 1223  nafar aholisi qamrab olinib, 1894 ta ko’ruv o’tkazildi. Ko’rikda 84 nafar aholida  surunkali xastaliklar  aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan 18 nafar fuqaro uylariga borilib, nevropatolog va travmatolog  ko’ruvidan o’tkazildi. Ularga  kerakli tavsiya va yordamlar ko’rsatildi, shuningdek, 12 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo’llanma berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 18 – dekabrdagi “Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo’yicha 51 nafar amaliyotchi talaba  154 ta xonadonda patronaj va tibbiy madaniyatni oshirish buyicha targ’ibot ishlarini olib borishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!