alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

COVID-19: davlosh va sarash markazida o‘quv-amaliy mashg‘ulot

11:26 07.08.2020

Andijon Olipiya zahrilari sport kolleji manejida tashkil etilgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash va saralash markazida Andijon viloyat hokimining topshirig‘iga asosan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, Milliy gvardiya, ichki ishlar boshqarmasi hamkoligida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.


Tegishli tashkilotlarning favqulotda vaziyatlarda koronavirus bilan kasallangan bemorlarga tez tibbiyo yordam berish, bemorlarni qabul qilish jarayonidagi turli holatlarga tayyorligini nazoratdan o‘tkazish maqsadiga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulot avvalida viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov 700 o‘ringa mo‘ljallangan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash va saralash markazi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Markazda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi, markaz faoliyatini rivojlantirish borasida ularning taklif va mulohazalari bilan tanishdi, tegishli ko‘rsatmalar berdi.


O‘quv-amaliy mashg‘ulot davomida favqulotda holatlarda COVID-19 bilan kasallangan yengil, o‘rta va og‘ir holatdagi bemorlarga ko‘rsatilishi zarur tibbiy muolajalar, harbiylar, ichki ishlar xodimlarining vazifalari  ko‘rgazmali chiqishlar asosida ko‘rsatib berildi.



Mutaxassislar tomonidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berib borildi.



Shuningdek, harakatdagi laboratoriya guruhlari, zararsizlantirish, epidemiyaga qarshi kurash gurhlarining texnika vositalari, tegishli jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.



COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash va saralash markazida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotida ishtirokchilar tomonidan bir smenaning o‘zida 100 dan ziyod tibbiy xodimlar xizmat ko‘rsatadigan markazning imkoniyatlari to‘la o‘rganildi va tegishli xulosalar chiqarildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!