Rossiya Federatsiyasining Dog`iston davlat tibbiyot universiteti bilan O`zbekiston Respublikasining Andijon davlat tibbiyot instituti o`rtasida hamkorlikda qo`shma dastur asosida ikki tomonlama diplomli yo`nalish ochish bo`yicha kelishuv imzolandi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

2018 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan  Rossiya –O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida har ikki oliygoh- Andijon davlat tibbiyot instituti va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti  o‘rtasida Xalqaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Ushbu hamkorlik doirasida 2019-yil 25-yanvar kuni  Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida  O‘zbekiston Respublikasining Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori Suleyman  Mammaev  o‘rtasida  institutlar qoshida ikkita qo‘shma fakultetlar ochish bo‘yicha  Kelishuv imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  Dog‘iston Respublikasi hukumati raisi birinchi o‘rinbosari Anatoliy Karibov, Sog‘liqni saqlash vaziri Djamaludin Gadjiibragimov, Milliy siyosat va diniy ishlari vaziri Tatyana Gamaley, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Maxachkaladagi vakili Amirxan Magomeddadaev, shuningdek, institutimiz vakillaridan xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kamaliddin Salaxiddinov, stomatologiya fakultetidan Muxammadyahyo Teshaboevlar ham ishtirok etdilar.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, ushbu qo‘shma fakultetlarga birinchi abituriyentlarni qabuli 2019-2020 o‘quv yilidan Stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha, kelgusi 2020-2021 o‘quv  yildan esa Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha talabalar  qabulini amalga oshirish rejalashtirildi. Kelishuv doirasida qo‘shma fakultet ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalardan – telemeditsina, masofaviy, elektron va simulyasion  ta’limlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Kelishuvga, asosan, qo‘shma qabul komissiyasi va bitiruvchilar yakuniy attestatsiyasi komissiyasi tuzilishi ko‘zda tutilgan, shuningdek, hamkorlikda xalqaro standartlar asosida qo‘shma o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ham yaratilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shma fakultet talabalari  o‘qishni tamomlagach ikki tomonlama, Rossiya va O‘zbekiston  na’munasidagi diplomlarga ega bo‘ladilar. Bularning barchasi Andijon davlat tibbiyot institutini yagona xalqaro ta’lim muhitiga jadallik bilan kirib borishiga dastlabki qadam bo‘ladi.

Tantanali tadbirda ADTI rektori M.Madazimov so‘zga chiqib, hamkorlik haqidagi  mazkur kelishuv kelgusida o‘zaro manfaatli va samarali bo‘lishiga asos ekanligini ta’kidlar ekan, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mobilligi, ularni malakasini oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishga zamin bo‘lishini aytib o‘tdi. M.Madazimov,  shuningdek, o‘z chiqishida Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti qadimiy an’analarga boyligini va hamkorlik doirasida talabalarni yozgi amaliyotlarini tashkil etish va ushbu yozgi amaliyot  davrida qadimiy shaharlar bo‘lmish Andijon va Maxachkala shaharlarini tarixiy obidalari, muzeylari bilan tanishish ham rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. Safar samimiy va do‘stona ruhda o‘tmoqda.

Министерство здравоохранения Российской Федерации

CA-NEWS (UZ)

245